Ruslan Yakubov O‘zbekiston greppling terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

Xabaringiz bor, yurtimizda pankration va greppling assotsiatsiyasi tashkil etildi. Qolaversa, assotsiatsiya ilk urinishdayoq jahon chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazilishini ta’minladi.

IMG_20230606_161304_320

Hozirga kelib, ushbu sport turlarini yurtimizda yanada rivojlantirish uchun jadal sur’atlarda ishlar olib borilmoqda. Zero, oldinda Butunjahon yakkakurash o‘yinlari, Osiyo chempionati kabi nufuzli musobaqalar bor. Yaqindagina pankration bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiyligiga Dmitriy Xudyakov tayinlangan edi.

IMG_20230606_161308_242

Kuni kecha assotsiatsiya raisi Hojiakbar Hakimov boshchiligidagi delegatsiya Buka GYM zaliga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad ushbu sport zalida yoshlarga grepplingdan saboq beruvchi Ruslan Yakubovning mashg‘ulotlarini bevosita kuzatish barobarida unga greppling terma jamoasi bosh murabbiyligidek mas’uliyatli vazifani topshirish bo‘ldi. Shu tariqa Ruslan Renatovich Yakubov O‘zbekiston greppling terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritadigan bo‘ldi. O‘z o‘rnida unga ushbu muhim faoliyatida omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!