
Rustam Ashurmatov: Istaganimiz bo‘lmadi!
Rossiya kubogi guruh bosqichining navbatdagi turida “Zenit” o‘z maydonida “Rubin” futbolchilarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bellashuvdan keyin qozonliklar markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatov chempionga qarshi uchrashuvda rejalar amalga oshmaganini ta’kidladi.
- Uchrashuv davomida to‘pni ko‘proq nazorat qilish, hujum uyushtirishga harakat qildik, lekin ba’zan istagimiz amalga oshavermaydi. Bu gal ham shunday bo‘lganini hamma ko‘rib turibdi.
Tarkibimizga bolqonlik yangi o‘yinchilar qo‘shilgan. Ularda etarli darajada sifat bor. Keyingi bellashuvlar ularning yordami tegadi, deb o‘ylayman.
Pedroga podkat tashlagan holatim bo‘yicha nima deyishim mumkin?. Biz, himoyachimiz va maydonda o‘z ishimizni bajaramiz.
Ha, ba’zan xavfliroq o‘ynaymiz, ishimiz shuni talab qiladi, - dedi Rustam Ashurmatov.
Ilgari O‘zbekiston va Janubiy Koreya chempionatlarida katta tajriba to‘plagan 28 yoshli Rustam Ashurmatov 2023 yilning yanvaridan “Rubin” futbolchisi hisoblanadi.
Hamyurtimiz joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida to‘rttadan, jami sakkizta uchrashuvda ishtirok etdi.
Fikrlar