Rustam Ashurmatov ramziy terma jamoada
Shahzod
"K2" Ligada 10-tur ramziy terma jamoasi e’lon qilindi.
E’tiborlisi, hamyurtimiz Rustam Ashurmatov ushbu ramziy jamoadan o‘rin oldi. Ashurmatov "Gvanyu" safida jamoasining "Chonnam Dregonz" ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Qayd etish joiz, 22 yoshli himoyachi 7-turda ham ramziy terma jamoaga kirgan edi.

Izohlar (0)