Asosiy mazmunga oʻtish

"Ryazan" ustozi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Shahzod
Izohlar: 0

OXL muntazam chempionati doirasida "Humo"ga qarshi (0:5) bahsdan so‘ng "Ryazan" bosh murabbiyi Aleksandr Sirtsov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Chiroyli shahar, ajoyib arena, ammo hisob biz uchun qayg‘uli tus oldi. Uchrashuv avvalida qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi davr avvalida ikkita tezkor gol o‘tkazib yubordik. Shundan so‘ng o‘zimizga kela olmadik.

Ayni damda ro‘yxatdan o‘tkazgan 9 himoyachidan faqat to‘rttasi qolgan. Farm-jamoamizga murojaat qilamiz shekilli. Bizda mana shunday vaziyat. "Zvezda"ga qarshi bahsda yomon harakat qilmagan edik. Qo‘lni tushirmaymiz va barchasi yaxshi bo‘lishiga umid qilamiz", - dedi mutaxassis.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q