Ryudiger hamyurti Musialaga murojaat qildi

  • 6 iyul, 15:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger kecha Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida jiddiy jarohat olgan "Bavariya" vingeri Jamal Musialaga ijtimoiy tarmoq orqali qo‘llab-quvvatlov bildirdi.

Tecno

"Men senga ishonaman, sen bundan-da kuchliroq bo‘lib qaytasan" — deb yozdi Ryudiger o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Musiala birinchi bo‘lim oxirida PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan to‘qnashib ketgan va og‘ir oyoq jarohati olgan. U maydondan nosilkalarda olib chiqilgan.

Myunxenlik futbolchi jarrohlik amaliyotini boshidan kechiradi va kamida 5 oy davomida maydonga qayta olmaydi.

Bellashuv "Bavariya"ning 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Yarim finalda PSJning raqibi aynan Ryudigerning jamoasi — "Real Madrid" bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!