Sabmishnlarga boy o‘tgan "UFC Fight Night 263" turnirining natijalari bilan tanishing
AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan "UFC Fight Night 263" turniri yakunlandi.
Qiziqarlisi, 13 ta jangdan 8 tasi muddatdan avval nihoyasiga etdi.
Talita Alenkar 3-raundda Ariani Karnelossi sabmishn orqali orqali taslim etdi;
Sok Xyon Ko hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Filip Rou ustidan g‘alaba qozondi;
Norma Dyumont ochkolar bo‘yicha Ketlin Vieyrani mag‘lubiyatga uchratdi;
Donte Jonson 2-raundda Sedrik Dyumadan sabmishn orqali ustun keldi;
Timoti Kuamba hakamlarning yakdil qarori bilan Chan Xo Lini taslim qildi;
Billi Elekana 1-raunddayoq Kevin Kristianni sabmishn orqali to‘xtatdi;
Allan Nasimento 2-raundda Kodi Dyordenni sabmishn evaziga mag‘lub etdi;
Charlz Radtke 3-raundda Daniel Frunzadan sabmishn hisobiga ustun keldi;
Yadier del Valle 1-raunddayoq Isaak Dulgarianni sabmishn orqali engdi;
Jeremiya Vells hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Temba Gorimbo ustidan g‘alaba qozondi;
Valdo Kortes-Akosta 1-raundda Ante Deliyani nokaut qildi;
Stiv Garsiya 1-raunddayoq Devid Onama ustidan texnik nokaut evaziga zafar quchdi.
Ma’lumot uchun, keyingi turnir - "UFC Fight Night 264" 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar