Asosiy mazmunga oʻtish

Yengil atletika

Safina Sadullaeva “Brilliant liga”da g‘alaba qozongan birinchi o‘zbekistonlik atletga aylandi!

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

U tarixga kirdi.

Kecha, 6 avgust kuni engil atletika bo‘yicha Polshada “Brilliant liga” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Engil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishi bo‘yicha jahonning eng kuchli sportchilaridan biri bo‘lgan hamyurtimiz Safina Sadullaeva “Brilliant liga” musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Safina jahon chempionatidan keyingi nufuzli o‘rinda turuvchi musobaqada g‘alaba qozongan birinchi o‘zbekistonlik atletga aylandi.

1. Safina Sadullaeva (O‘zbekiston) – 1.92

2. Yaroslava Maguchix (Ukraina) – 1.92

3. Katerina Tabachnik (Ukraina) – 1.88.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q