Safina Sadullaeva mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etib, finalga chiqdi

CHERY AUTO

Engil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishi bo‘yicha Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Safina Sadullaeva AQShning Yujin shahrida o‘tkazilayotgan engil atletika bo‘yicha jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshladi.

Tecno

Balandlikka sakrash sektorida “A” kvalifikatsiya guruhida ishtirok etgan yurtdoshimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Atletlar final masalasini hal qilishlari uchun 1.93 metr balandlikni zabt etish kifoya qildi. Ahamiyatlisi, Safina o‘rnatilgan barcha plankalardan bir urinishda o‘ta oldi.

Qayd etish joiz 1.93 metr Sadullaeva uchun joriy mavsumdagi eng yaxshi natija bo‘ldi. Endi u 19 iyul kuni medallar uchun kurashni davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!