Safonov Transfermarkt bahosiga ko‘ra eng qimmatbaho rossiyalik
1 iyun kuni mashhur Transfermarkt portali Fransiya chempionati — Liga 1da to‘p surishadigan futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi. Yangi baholashga ko‘ra, "PSJ" va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonovning transfer narxi 8 million yevroga oshdi va hozirda 30 million yevro etib belgilandi.
Shu tariqa, Safonov eng qimmatbaho rossiyalik futbolchiga aylandi. U "Lokomotiv" yarim himoyachisi Aleksey Batrakov (28 million yevro) va CSKA havbeki Matvey Kislyakni (25 million yevro) ortda qoldirdi.
Shuningdek, "Monako" klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning bozor qiymati o‘zgarishsiz qolgani, hali ham 18 million yevro etib baholanyotgani qayd etilmoqda.

Fikrlar