
Saken Bibosinov yoki Amit Pangaldan qay biri jiddiy raqib? Hasanboy Do‘smatov javob berdi
Parij Olimpiadasiga ham qisqa vaqt qoldi. Mazkur 4 yillikning eng muhim turnirida -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini Hasanboy Do‘smatov himoya qilishidan xabaringiz bor. Olimpiada chempionligi yo‘lida yurtdoshimizga azaliy raqiblari qozog‘istonlik Saken Bibosinov hamda Hindiston vakili Amit Pangal jiddiy raqib bo‘lishi turgan gap. Biz hamyurtimizdan ikki raqibidan qay biri noqulayroq ekanligi haqidagi fikriga qiziqdik.
- Har ikkisining darajasi bir xilda deb o‘ylayman. Ularning o‘ziga yarasha uslubi bor. Biroq Olimpiadada oson raqibning o‘zi bo‘lmaydi. Yangi nomlar kashf qilinishi mumkin. Balki ulardan ham kuchliroq yosh raqiblar chiqib qolishi mumkin. Misol uchun, 2016 yilgi Rio Olimpiadasida ham meni deyarli ko‘pchilik tanimasdi. Shunga o‘xshab faqat bu ikkisi jiddiy raqib bo‘ladi, deb o‘ylamayman. To‘g‘ri, ularning tajribasi bor va katta musobaqalarni ko‘p ko‘rgan. Ammo, barchasi turnirga qanday jismoniy holatda etib kelishiga bog‘liq. Ularda ham taktika o‘zgargan. menda ham taktik va texnik tomondan o‘zgarishlar bor. barchasini ring ko‘rsatadi. Tayyorgarlikni jiddiy olib boryapmiz. Hozir Sochi shahrida tayyorgarlik ko‘ryapmiz. So‘ngi mashg‘ulotlarimiz Frantsiyada bo‘ladi va Olimpiada boshlanadi. O‘ylamanki, barchasi yaxshi bo‘ladi.
Fikrlar