Sal kam yuz million! “Siti” “Real” yulduzi transferiga kirishdi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federico Valverde faoliyatini “Manchester Siti” jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida El Chiringuito xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 90 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda.
Qayd etilishicha, “Real” yetakchilaridan bo‘lgan Valverde “Manchester Siti”ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, Orelien Tchuameni bilan yuzaga kelgan mojarodan keyin Valverdening “Qirollik klubi”dagi kelajagi hanuz noaniq bo‘lib qolmoqda.
O‘tgan mavsumda 27 yoshli urugvaylik barcha musobaqalarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar