Salbiy natija qayd etayotgan "Mash’al"ning umumiy statistikası qanday ko‘rinishda?
Superligada ishtirok etib kelayotgan Muborakning "Mash’al" klubi hozircha muxlislarini xursand qila olmayapti. Klub ortda qolgan 4 ta turning barchasida mag‘lubiyatga uchradi va hali raqib darvozasiga gol ham urgani yo‘q. Jamoani esa oldinda safarda "Navbahor"ga qarshi yana bir murakkab bahs kutib turibdi.
Mana shunday qiyin o‘yin oldidan klub matbuot xizmati "Mash’al"ning O‘zbekiston chempionatidagi statistik raqamlarini taqdim qildi.
1992 yilda dastlab ikkinchi ligada ishtirokini boshlagan;
1993 yilda birinchi ligada ishtirok etgan.
1995 yilda ilk bor oliy ligada qatnashgan.
O‘z tarixida ilk bor Osiy chempionlar ligasida 2006 yilda o‘ynagan;
Mash’al jamoasi rasmiy uchrashuvlardagi o‘yinlari:
Ikkinchi liga: 5 ta uchrashuv
Birinchi liga (pro-liga): 412 ta uchrashuv
Oliy liga (Super liga): 572 ta uchrashuv
Osiyo chempionlar ligasi: 6 ta uchrashuv
O‘zbekiston Kubogi: 125 ta uchrashuv
Jami: 1120 rasmiy uchrashuv.
Natijalar va rekordlar
G‘alabalar: 527
Duranglar: 200
Mag‘lubiyatlar: 393
Urilgan gollar: 1757
O‘tkazilgan gollar: 1435
Kubok uchrashuvlari tashqari jamg‘arilgan ochkolar soni: 1548
Bu raqamlar "Mash’al"ning qanchalik barqaror va kuchli klub ekanini ko‘rsatadi. Har bir uchrashuv, har bir gol va g‘alaba klub tarixining muhim bo‘lagiga aylanib, muxlislar qalbini yuritib kelmoqda.
Biroq muborakliklarning oxirgi yillardagi natijalari salbiy ko‘rinish olayotgani muxlislarini xavotirga solayotgan bo‘lsa ajab emas. Jamoa vaziyatni o‘nglamasa bo‘lmaydi.
Fikrlar