Saloҳ, bizga kel, uch yil o‘yna va soqqani bos!

  • 27.06.2026 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi hujumchi Muhammad Saloҳga umumiy qiymati 60 million yevro bo‘lgan uch yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida ESPN xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, gap yiliga 20 million yevro maosh haqida ketmoqda. Shartnoma 2029 yil iyunigacha amal qilib, huddi shu moliyaviy shartlar asosida 2030 yil iyunigacha avtomatik ravishda uzaytirilishi mumkin.

Saloҳ «Liverpul»dan ketgach, erkin agent maqomiga ega bo‘ldi va bu ehtimoliy transferni osonlashtirmoqda.

O‘tgan mavsumda 34 yoshli misrlik futbolchi 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi. Ayni paytda u Misr terma jamoasi bilan 2026 yildagi jahon chempionatida qatnashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!