Saloҳ bizga oʻt, maoshining uch baravar boʻladi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloҳ joriy mavsum yakunlangach, jamoa safini tark etishini e'lon qilganidan keyin unga turli takliflar kela boshlandi.
Mirror Football ma'lumotiga k'ora, misrlik futbolchiga Krishtianu Ronaldu o'ynaydigan “An-Nasr” klubi qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi uning maoshini uch baravar oshirishga tayyor.
Agar 33 yoshli to'purar riyodlik shayxlar taklifini qabul qilsa, “An-Nasr”da haftasiga 1,4 million yevrogacha pul ishlab topishi mumkin.
Shuningdek, Muhammad Saloҳ Saudiya Arabistoni Professional ligasining yangi yuziga aylantiriladi.
Joriy mavsumda Saloҳ barcha turnirlarda 34 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar