Asosiy mazmunga oʻtish

Saloҳ "Liverpool" bilan xayrlashuv oldidan jamoaga murojaat qildi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Misrlik hujumchi jamoaga katta omad tilaydi

Muҳаммад Saloҳ yaqin orada "Liverpul"ni tark etib, erkin agentga aylanadi. Misrlik hujumchi ketishidan oldin jamoaga kelasi mavsum uchun tilak bildirdi.

"Yana bir narsani aytmoqchiman. "Liverpul" bilan g‘alaba qozonish — inson his qilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi tuyg‘u.

Menimcha, sen g‘alaba qozonganingda bu dunyodagi eng yaxshi klub. Ammo mag‘lub bo‘lganda — eng og‘iri ham shu klub. Shuning uchun keyingi mavsumda yaxshisi g‘alaba qozonishni boshlanglar!" — dedi 33 yoshli forvard.

Eslatib o‘tamiz, Saloҳ 2017 yildan beri "Liverpul" safida to‘p surib kelmoqda.

Bugun Arne Slot jamoasi APLning so‘nggi turida o‘z maydonida "Brentford"ni qabul qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q