
Saloh "Liverpul"dan nima talab qilyapti?
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga tayyor. Biroq u maoshining oshirilishini talab qilmoqda.
The Independent nashri tarqatgan xabarga qaraganda, misrlik futbolchi yangi kelishuvga binoan yiliga 18 milliondan 23 million evrogacha maosh olmoqchi. Salohning hozirgi maoshi yiliga 12 million evroni tashkil etadi.
29 yoshli Saloh joriy mavsum "Liverpul" safida jami 9 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar