Salohning haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yishdi
Mashina haydash - gol urish emas
«Trabzonspor» forvardi Muhammad Saloҳ yaqin oylarda Angliyaga borsa, u yerda avtomobil boshqara olmaydi.
BBC xabariga ko‘ra, misrlik futbolchiga tezlikni oshirgani uchun olti oyga haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yish jazosi qo‘llanilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Saloҳga tegishli Rolls-Royce 48 km/soat cheklov o‘rnatilgan yo‘l uchastkasida 58 km/soat tezlikda harakatlangan. Politsiya talabiga qaramay, futbolchi mashina rulda kim bo‘lgani haqida ma’lumot bermagan.
Sud uni aybdor deb topdi va 1044 funt (taxminan 1217 yevro) miqdorida jarima to‘lashga hukm qildi.
Yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ushbu holat Saloҳning «Liverpul» klubini tark etayotganligi haqidagi bayonotidan bir necha kun o‘tgach sodir bo‘lgani qayd etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta «Trabzonspor» «Galatasaray»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda Muhammad Saloҳ xet-trik qayd etib, yana bir golga assistentlik qildi.

Izohlar (0)