Sambochilarimiz ilk kundayoq 2 ta medalga ega chiqdi

Xabar berganimizdek, Bishkek shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Qirg‘iz Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport murabbiyi M.P.Mixaylov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazilmoqda. 

Bugun musobaqaning ilk kuni doirasida ikki nafar hamyurtimiz - Artyom Bezrukov (-42 kg) va Fayziddin Lutfiddinov (+46 kg) ishtirok etdi va ularning har ikkisi ham musobaqada oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Bu haqida O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!