Sambochilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi

14-15 mart kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva oblasti, Mitishi shahrida sambo bo‘yicha xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi. 

Xalqaro sambo federatsiyasi faxriy prezidenti M. I. Tixomirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik  o‘smirlar ham ishtirok etishlari haqida xabar bergandik.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, vakillarimiz 4 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. 

Sovrindorlarimiz ro‘yxati: 

Oltin:
-38 kg: Artyom Bezrukov
-42 kg: Stepan Zabilov
-50 kg: Akmal Azimov
+65 kg: Firdavsiy Lutfiddinov

Bronza: 
-31 kg: Botir Abdugapparov.

Yigitlarimiz musobaqada umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni band etishdi. Bu haqida O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!