"Samuray"lar yana g‘olib bo‘ldi
Zohir2018
Go Soeda va Yosixito Nisioka porlamoqda
Avstraliyaning "ATP Cup" turnirining guruh bosqich ikkinchi turida Yaponiya va Gruziya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.
Yakkalik bahslarining birinchi o‘yinida Go Soeda tajribali tennischi Aleksandr Metrevelini 4:6, 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, Yosixito Nisioka esa nomdor raqibi Nikoloz Basilashvilini 6:2, 6:3 hisobida dog‘da qoldirdi. Bu esa Yaponiya termasini 2:0 hisobidagi g‘alabsini ta’minladi.

Izohlar (0)