Asosiy mazmunga oʻtish

Samvel Babayan:Biz ertaga yaxshi natija qayd etish uchun qanday o‘ynash kerakligini bilamiz

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev
Izohlar: 3

Deyarli kuchsiz tomoni yo‘q jamoa

Assalomu alaykum. Xayrli kun. OChLga qaytish juda yoqimli. Bunday musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilish katta mas’uliyat va sharaf! Biz O‘zbekistonning eng futbolni sevuvchi regioni – Namangan sharafini himoya qilamiz. Ulkan muxlislar armiyasiga ega bu jamoa. Bu “Navbahor”ning OChLdagi ilk ishtiroki. Umid qilamanki, “Navbahor” bu musobaqada doimiy ravishda ishtirok etib boradi.

Xabaringiz bor ertaga OChL saralash bosqichining hal qiluvchi bahsi doirasida “Al Vakra” va “Navbahor” o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tadi. O‘yindan avval, “lochinlar” ustozi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ertangi o‘yin uchun qo‘yilgan vazifa o‘zimiz istagan natijani qayd etish va ishqibozlarimizni xursand qilish. Bizni ertaga mavsum oldidan yaxshi selektsiya ishlarini olib borgan saviyali jamoa bilan kuch sinashamiz. Raqibimiz bu mavsum uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rganini Qatar chempionatidagi birinchi tur o‘yinidagi 3:0 hisob ko‘rsatib berdi. Albatta, stadionni ham alohida e’tirof etish lozim. Bu 22 yilda bo‘lib o‘tgan JChning bezagiga aylangan arena. Menimcha, har bir murabbiy va futbolchi uchun bunday stadionda to‘p surish katta sharaf.

Menimcha, ertaga juda qiziq bahs bizni kutib turibdi. Biz raqibimizni Ispaniyadagi yig‘inlarini kuzatdik. Tarkibga yaxshi saviyadagi futbolchilar kelib qo‘shilgan. Jamoani tajribali mutaxassis boshqarmoqda. Deyarli kuchsiz tomoni yo‘q jamoa. Har bir chiziqda saviyali futbolchilar jamlangan.

Albatta, raqibni kuchli tomonlari ko‘rdik, ammo o‘yin borasidagi ayrim narsalarni ham ko‘rganimiz rost. Bu hozircha sir bo‘la qolsin. Biz ertaga yaxshi natija qayd etish uchun qanday o‘ynash kerakligini bilamiz."

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q