Samvel Babayan "Lokomtiv"ning safar o‘yinlaridagi muvaffaqiyatsizliklari haqida gapirdi

  • 10 avgust, 2019, 21:18
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun ichida bir raqib bilan ikki marta, bunday noqulay ob-havoda o‘ynash juda qiyin. Yigitlarning bugungi ko‘rsatgan o‘yinlaridan mamnunman. Bugun ular g‘alabaga loyiq edilar. Men uchun jamoam har bir o‘yinda mana shunday maksimal ravishda harakat qilishlari juda muhim. Ular kurashishyapti, faqatgina shu orqali g‘alabalar qo‘lga kiritiladi. Bugun esa uch ochkoni qo‘lga kiritishimiz uchun vaziyatlardan foydalansak bo‘lgani edi. Bugun o‘yin davomida yigitlarga qattiqroq kurashishlarini ta’kidlab o‘tdim.

Tecno

Hozirda oson o‘yinlarning o‘zi yo‘q. Raqiblar osonlikcha taslim bo‘lishmaydi. Jamoamiz bugun "Lokomotiv" uchun, kollektiv uchun kurashishdi. Shu boisdan ularga yana bir bor rahmat aytib o‘taman.

Natija borasida aytib o‘tishim mumkinki, muxlislar ham ikki tomon ham bunga rozi bo‘lishlari kerak. Sardor Qobuljonov bugun ajoyib o‘yin namoyish qildi. Bizning tarbiyalanuvchimiz, biz futbol yo‘llarini ochgan darvozabon shunday darajaga etgani bizni quvontiradi.

Bugun "Surxon" muxlislari o‘yin davomida bizga ruhiy bosim berishga harakat qilib turishdi. Bunday o‘yinlar yoddan chiqmaydi. Jamoamizning potentsiali yuqori. Hozirda biz himoyada, tezkor qarshi hujumlarga o‘tishda yo‘lga qo‘yilayotgan xatolarni to‘g‘rilay olamiz. Bunga imkoniyatimiz etadi. Oldindagi vazifamiz - chiroyli o‘yin ko‘rsatish va yaxshi natijalarga erishish.

- Jamoa safar o‘yinlarida g‘alabaga erisha olmayapti. Bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?

- Vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Safarda mag‘lub bo‘layotgan o‘yinlarimizda ko‘plab golga tortadigan vaziyatlarga ega bo‘lyapmiz. Bulardan foydala olish esa bizning muammomiz bo‘lib turibdi. O‘yin sifati va boshqa jihatlar borasida raqiblardan kam joyimiz yo‘q.

- "Bunyodkor" bilan oradagi farq qisqarib ketayapti. Bunga qanday munosabatdasiz?

- Bu yilgi chempionat qiziqarli o‘tyapti. Ko‘plab jamoalarning darajasi deyarli bir xil. Biz oldindagi har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Ayniqsa, ruhiy tayyorgarlik hozirda birinchi o‘rinda. Bugun g‘alabaga loyiq edik. O‘yinning foni shunday demoqda. Natijani unutamiz va keyingi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Manba: "Lokomotiv"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ynus Qulmurodov
12/08/2019 20:01
Бабаяндан локоматив фудбол рахбарлари долясини олиб куеиб локони нима килса хам жим ахмоклар
Кахрамонжон Сафаров
11/08/2019 23:56
Баб...ян айрим харомхур ока хонлар учун отасидан улуг керак булса хотинини кушиб беради лекин Баба...ян уларга керак тиллари кисик бабаян любой жойда уларни кутини очиб куйишидан куркади
Akmal Jovliev
11/08/2019 14:35
Surxon arqasidan itarganmi arqasi ichiga kirib ketgan Babayanni!
Misha Mk
11/08/2019 00:27
Баба билан жоржини йокотиш керак навбахори хор килити сучкала била узбеда йогми шулани титратиб ташайдигон була хохлаган килитию
Бахтиер Бобоев
10/08/2019 22:18
Терманики расво килуди Энди шундай яхши команда локо ни хам расво килади.Бабаян брат кулиздан келган ишни килинг, фудболдан бошка. УЗИ термадан обруйиз кетувди, Озрок обруйни хам к га урманг
Бохона об хаво
Murod Panjiev
10/08/2019 22:11
Бабаян хам хаво иссик дейди нима сурхон салкин жойда кондецанер тагида уйнаб локоматив куйёш остида уйнадими ютолмасанг об-хаво айбдор буладими худога шукр кил охирги сонияларда маглубиятдан кутилиб колдинг эшак
&
Surxon turon
10/08/2019 21:53
Енди хардойим шундай бӯлади локода
Низомтой Эргашев
10/08/2019 21:40
Локомотив рахбаряти хам Бабаяндан долясини олиб куйган шекилик клубди боткокга ботирсаям мухлисларди норози килсаям жим