Samvel Babayan o‘zbekistonlik futbolchilarni Xitoyga chorlaydimi?

  • 15.04.2020 10:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Bir necha kun avval SPORTS.uz sayti muxbiri Xitoyning “Chanchung Yatay” klubida murabbiylik qilayotgan Samvel Babayan bilan intervyu tashkil etdi. Unda mutaxassis jamoasiga o‘zbekistonlik futbolchilarni jalb qilishi mumkinligini aytdi.

- “Chanchung Yatay” klubida ishlar o‘ta yuqori darajadagi professional tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Bu erda selektsion ishlar obdon o‘ylab olingan holda, rejalashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. Jamoaga kelgan paytimda klubda salkam 15 ta transfer ustida ish boshlangan ekan. Biz birgalikda qaysi pozitsiyalarni kuzatish va kuchaytirish ustida tahlil olib bordik. Faqat shundan keyin tanlovda so‘nggi to‘xtamga kelishda qaror qildik. Shuning evaziga legionerlar va mahalliy futbolchilardan iborat tanlovni amalga oshirdik. Bundan keyin o‘zbekistonlik futbolchining “Chanchung Yatay”ga taklif etilishini istisno qila olmayman. Boz ustiga Anzur Ismoilov bu erda to‘p surgan holda o‘zidan juda yorqin iz qoldirgan, - dedi Samvel Babayan.

Jaloliddin Masharipov O‘zbekiston MTJga noloyiq ikkita murabbiydan biri Samvel Babayan ekanligini aytdi. Ikkinchisichi?

4861566847557

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan o‘tgan yili dekabrda Xitoy klubi bilan shartnoma imzolagandi. Unga “Chanchung Yatay”da Deyan Jurjevich, Aleksandar Galich, Grigoriy Kolosovskiy hamda Anton Maeranov yordam bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
16/04/2020 07:45
Омадингни берсин Бабаян,Машариповга ухшаганлар сенинг тирногинга хам арзимайди.