"San-Siro" buziladi, u madaniy meros ob’ekti emas
“Milan” va “Inter” klublari “San-Siro” stadioni o‘rniga yangi arena barpo etishni rejalashtirmoqda.
La Repubblica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Milan shahri hokimiyati “San-Siro” stadionini shaharning madaniy meros ob’ekti deb topmadi va uni buzib tashlashga ruxsat berdi.
Gap shundaki, 1925 yilda qurilgan ushbu stadion “JCh-1990” arafasida qayta rekonstruktsiya qilingach, keskin o‘zgarishlarga yuz tutgan va uning original arxitekturasiga jiddiy almashgan.

Fikrlar