"San Siro"da mag‘lub bo‘lgan Italiyaning 22 yil davom etgan seriyasi yakunlandi
Millatlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan Italiya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda "qizil furiya" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"San Siro"da kechgan bahsda zafar quchgan ispanlar italiyaliklarning 22 yillik seriyasiga barham berdi. Gap shundaki, "skuadra adzurra" so‘nggi bor 1999 yilning 8 sentyabr sanasida o‘z maydonida imkoniyatni boy bergandi. O‘shanda Daniya nomdor raqibini 3:2 hisobida mag‘lub etgandi.
Qizig‘i, o‘sha bahs o‘tkazilgan vaqtda Ispaniya terma jamoasining 6 nafar vakili hali tug‘ilmagan edi. Pedro Porro, Ferran Torres, Erik Garsiya, Brayan Xil, Yeremi Pino va Gavi Italiya Daniyaga mag‘lub bo‘lgan vaqtda hali dunyoga kelmagandi.
Ma’lumot uchun, Millatlar ligasi ikkinchi yarim final bellashuvi Belgiya va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar