San’at Shixov: "Boshqa takliflar ham bor, ko‘rib chiqib bir qarorga kelaman"

  • 24 dekabr, 2023, 00:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Qo‘qon-1912” klubi pro ligada qatnashib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun astoydil kurashdi. Biroq ularga omad kulib boqmadi.

Tecno

Shunga qaramay, jamoada oxirigacha imkoniyat saqlanib turdi. Garchi chempionatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa olmagan bo‘lsa-da, pley-off orqali bu ishni uddalash imkoniyatiga ega edi. Biroq hal qiluvchi uchrashuvda o‘z maydonida “Qizilqum”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Jamoaning tajribali futbolchilaridan biri San’at Shixov Sports.uz saytiga Qo‘qondagi faoliyati, ortda qolgan mavsum va omadsizlik haqida fikr bildirdi.

Qo‘qondagi faoliyati nimasi bilan yodda qoldi?

- Birinchi navbatda shuni aytishim mumkinki, Qo‘qon shahri va uning insonlari menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Samimiyligi, birinchi kelgan yilim, jamoa tarkibi ajoyib va kuchli edi, omadsizlik tufayli Superligadan tushib ketdik. Shunga qaramay, rahbarlarimiz bizni tashlab qo‘ymadi. Shu o‘rinda rahbariyatga rahmat aytib qolaman.

shixov_1

Klubga ishtiyoq bilan kelgandi va avvalgidek ishtiyoqi saqlanib qoldimi?

- Superligaga chiqish uchun harakat qildik. Meni o‘ylashimcha, birinchi davrada yo‘qotilgan ochkolar qimmatga tushdi. Nazarimda, jamoa saviya borasida biroz kuchsizlik qildi. Baribir selektsiya yaxshi qilinsa, pro ligada bir tekis o‘ynab bemalol chiqsa bo‘ladi.

Aslida vazifani bajarish yo‘lida nima etishmadi?

- Vazifani bajarishda etishmagan narsa - bu barqarorlik. Yaxshi jamoalar bilan o‘yinda saviyali futbolchilar etishmadi. Asosiy o‘yinlarimiz – “Lokomotiv” va “Dinamo” bilan edi. Afsuski, shu uchrashuvlarda yigitlarni o‘yini chiqmadi, O‘ylashimcha, jamoada katta o‘yinlarni ko‘rgan futbolchilar ko‘proq bo‘lishi kerak. Qolgan jamoalar bilan o‘yinda ishtiyoq evaziga yutsa bo‘ladi. Katta jamoalarda ishtiyoq bilan birga o‘yinchidan mahorat ham talab qilinadi.

shixov3

Boshqa takliflarni ko‘rib chiqyaptimi yoki klubda qolmoqchimi?

- Hozircha uydaman, dam olyapman. Yangi yildan keyin bu borada gaplashamiz, rahbariyat bilan. Boshqa takliflar ham bor, ko‘rib chiqib, bir qarorga kelaman, Xudo xohlasa.

Pro ligani yutug‘i va kamchiligi nimada?

- Pro ligani yutug‘i 3-4 ta jamoadan tashqari hammasini darajasi bir xilligidir. Futbolchi uchun kamchiligi 2-3 yil qolib ketsangiz pro ligada shu darajaga tushib qolishingiz!

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!