Sanches La Ligada tarixiy rekord o‘rnatdi

  • 19.10.2021 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Betis" sardori Xoakin Sanches yana bir bor o‘z nomini Ispaniya chempionatiga yozdirib qo‘ydi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, tajribali qanot yarim himoyachisi XXI asrda La Ligada 40 yoshdan so‘ng golli uzatma amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi.

Xoakin kecha “Alaves”ga (1:0) qarshi o‘yinda  jamoadoshi Borxe Iglesiasning goliga assistentlik qildi. U shu kuni 40 yosh 89 kunlik edi.

Eslatib o‘tamiz, Xoakin Sanches 2015 yildan buyon "Betis" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!