Sancho APLga qaytmoqchi emas, u La Liga klublaridan taklif kutmoqda

Ingliz matbuoti xabariga ko‘ra, Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"ga o‘tishni xohlamayapti. Oldinroq, "qizil iblislar" 19 yoshli forvard uchun 100 million evrodan ziyod mablag‘ni ajratishga tayyorligi xabar qilingan edi.

Ammo futbolchining o‘zi La Liga grand klublari, aniqrog‘i "Barselona" yoki "Real" transferiga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil "Manchester Siti"dan "Borussiya"ga ko‘chib o‘tgan Sancho so‘nggi vaqtlarda dortmundliklar bosh murabbiyi Lyusen Favr bilan munosabati yomonlashgan va u asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishga ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!