Sancho «Krasnodar» klubiga rad javobini berdi
Jedon Sancho hozircha munosib taklif kutmoqda, uning asosiy istagi esa «Borussiya»ga qaytish, ammo nemis klubi hozircha uni taklif qilmoqchi emas.
«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Jedon Sancho hozircha munosib taklif bo‘lmasa, qishki transfer oynasigacha kutishga tayyor. Hozirda u erkin agent sifatida istalgan jamoa bilan shartnoma imzolashi mumkin.
TEAMtalk nashri yozishicha, Angliya grandini tark etganidan so‘ng Sancho Evropadagi bir qator klublar, shuningdek Saudiya Arabistoni, MLS, Qatar va BAA jamoalari bilan muzokaralar olib borgan. Biroq taklif etilgan shartlar futbolchining o‘ziga ma’qul kelmagan.
Manbaga ko‘ra, Sancho uchun eng ustuvor yo‘nalish — Dortmundning «Borussiya» klubiga qaytish. Ammo nemis jamoasi hozircha angliyalik futbolchini qayta taklif qilish niyatida emas.
Shuningdek, tarqalayotgan mish-mishlarga qaramay, Sancho «Krasnodar» safiga o‘tish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmagani qayd etilgan. Garchi vositachilar orqali rossiyalik klub bilan muayyan muloqotlar bo‘lgani aytilsa-da, bu variant futbolchini qiziqtirmagan.
26 yoshli Jedon Sancho «Manchester Yunayted» tarkibida 2021 yildan 2026 yilgacha to‘p surgan. U shu davr mobaynida jamoa safida 158 ta o‘yin o‘tkazib, 53 ta gol urgan va 67 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Izohlar (0)