Sancho top-5 dagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi

  • 25 yanvar, 2020, 01:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda Bundesliganing 19-turidan o‘rin olgan "Borussiya D" va "Kyoln" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda birinchi bo‘lim o‘z nihoyasiga etdi va mezbonlar 2:0 hisobida oldinda borishmoqda.

Ushbu bahsda dortmundliklar futbolchisi Jeydon Sancho golli uzatmani amalga oshirdi. Bu assistentlik angliyalik futbolchi uchun 2018/19 yilgi mavsum boshidan buyon 25-si bo‘ldi va top-5 ligalardagi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib oldi.

Ma’lumot uchun, Sancho Bundesliganing joriy mavsumida 17 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urdi va yana 11 ta assistentlik vazifasini bajardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!