
Sanchodan bir juft rekord
Evropa grandlari talashayotgan Jeydon Sancho mahorat ko‘rsatishda davom etmoqda. Angliyalik futbolchi “Borussiya”ning “Volfsburg” bilan bo‘lgan o‘yinida golli pas uzatib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Bu Sanchoning 25 ta uchrashuvda 16-golli pasi bo‘ldi va “Borussiya”ning bir mavsumdagi assistlari bo‘yicha rekordi sifatida qayd etildi. Bundan buyog‘iga Jeydonning har bir golli pasi yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.
Bundan tashqari, Jeydon Sancho gol+pas tizimida jami 30 ochko (14 gol+16 pas) jamg‘ardi. Joriy mavsumda Bundesligada hech kim bundan natija qayd etolmagan.
Fikrlar