Sanchoni olib qolishmoqchi

  • 19.04.2020 09:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachi Jeydon Sanchoni qo‘yib yuborish niyatida emas.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis grandi 20 yoshli angliyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi va uning yillik maoshini 9,5 million evroga oshirishga tayyor.

Aytish lozimki, hozirda Sanchoga APLning ikki grandi - "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dan jiddiy takliflar bor.

Jeydon Sancho “Borussiya” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 19 ta gol hamda 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!