
Sane "Bavariya"da e’tirof etildi
"Bavariya" yarim himoyachisi Leroy Sane jamoaning o‘tgan sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Aytish kerakki, 25 yoshli germaniyalik futbolchi o‘tgan oy myunxenliklar safida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
"Bavariya" sentyabr oyidagi 5 ta o‘yinning barchasini o‘z foydasiga hal qildi. To‘plar nisbati - 22:2.
“Bavariya” ayni damda Bundesliga musobaqa jadvalida 19 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar