Sanega musht tushirgan Manening klubdagi kelajagi nima bo‘ladi?

  • 13 aprel, 2023, 03:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" futbolchilari Sadio Mane hamda Leroy Sane o‘rtasidagi ziddiyatdan hayratda. 

EChL chorak finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti" hamda "Bavariya" o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng Mane kiyim almashtirish xonasida Sanening yuziga musht tushirgani haqida xabar berilgandi. 

Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, "Bavariya"ning ko‘plab futbolchilari Mane klubda uzoq qolmasligiga ishonchi komil. 

Senegallik ushbu voqea tufayli jarimaga tortilishi yoki mashg‘ulotlardan chetlashtirilishi mumkin. Shuningdek, myunxenliklar u bilan shartnomani bekor qilish varianti ham bor. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!