Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

"Sankt-Peterburg Open"da mezbon tennischi bosh sovringa ega chiqdi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

"Roland Garros"ni erta tark etgan tennischilar bu musobaqada kuch sinashdi.

Tennis bo‘yicha Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan turnir yakunlandi. 10-18 oktyabr oralig‘ida o‘tkazilgan mazkur musobaqada Rossiyalik Andrey Rublyov zafar quchdi.

Turnirning 3-tartib raqam ostida saralangan raketka ustasi o‘z ishtirokini 1/16 final bosqichidan boshladi. Daniil Medvedev, Denis Shapovalov, Sten Vavrinka, Karen Xachanov kabi kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqa finaliga mezbonlar vakili Andrey Rublyov hamda xorvatiyalik Borna Chorich etib keldi.

Hal qiluvchi bahsning dastlabki setida tomonlar tay-brekkacha kurash olib bordi. Tennis lotereyasida Rublyovning asablari mustahkamroq bo‘lib chiqdi. Ruhiy ustunlikka ega bo‘lgan Andrey keyingi o‘yin taqdirini keyingi setning o‘zida hal etib, bosh sovringa ega chiqdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q