
Santi Kasorla 1302 kunlik tanaffusdan so‘ng yana asosiy tarkibda maydonga tushdi
“Vilyarreal” klubi yarim himoyachisi Santi Kasorla kecha Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Farer orollariga qarshi kechgan uchrashuvni Ispaniya terma jamoasi safida asosiy tarkibda boshladi.
E’tiborlisi, 34 yoshli futbolchi 1302 kunlik tanaffusdan so‘ng yana “qizil furiya” safida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, Kasorla so‘nggi bor 2015 yil Angliyaga (2:0) qarshi o‘yinda Ispaniya terma jamoasi safida boshlang‘ich tarkibda ishtirok etgan edi. U 2016 yilning kuzida o‘ta jiddiy jarohat olib, 10 ta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Shu bois uning faoliyatida ma’lum muddat tanaffus yuzaga keldi.
Fikrlar