Sardor Azimov "Qo‘qon-1912"dan ketadimi?

  • 11 yanvar, 2022, 19:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi reja bo‘yicha Toshkentda yig‘inni davom ettiradi. Tarkibda esa o‘zgarishlar yuz berayotganidan xabardorsiz.

Shu paytgacha jamoani bir qancha o‘yinchilar tark etishdi. Lekin hozirda ham ayrim futbolchilarga qiziqishlar yo‘q emas. Masalan, “Qo‘qon-1912”ning 27 yoshli iqtidorli yarim himoyachisi Sardor Azimovni o‘z safida ko‘rishni istayotgan klublar bor. Boisi, uning qo‘qonliklar bilan tuzgan shartnomasi tugagan. O‘tgan mavsumda u Superligada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Kubogida ham 3 ta bahsda ishtirok etdi.

azimov1_1

Futbolchi hozirda “Qo‘qon-1912” bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etyapti. Chunki jamoa ustozi Baxtiyor Ashurmatov uni yana tarkibda ko‘rmoqchi. Xo‘sh, shartnomasi yakuniga etgan Azimov qanday yo‘l tutadi? Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!