Sardor Azmun terma jamoadan haydaldi, mulki musodara qilinishi mumkin

  • 21.03.2026 11:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Mashhur futbolchi Sardar Azmun Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlari bilan tushgan surati sabab Eron milliy terma jamoasidan chiqarildi

Bu haqida Football Transfers jurnalistlari Fars nashriga tayanib xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Azmun BAA rahbarlari bilan tushgan suratiga “Dunyodagi eng buyuk aql egalari­dan ba'zilari bilan uchrashish men uchun katta sharaf va mamnuniyat bag'ishladi”, degan izoh qoldirgan.

Manba ma'lumotiga ko'ra, milliy jamoadan chiqarilishdan tashqari, hujumchiga nisbatan huquqiy choralar ham qo'llanilishi mumkin, jumladan uning mol-mulki musodara qilinishi ehtimoli bor.

31 yoshli Azmun Eron milliy jamoasi safida barcha musobaqalarda 91 ta o'yin o'tkazib, 57 ta gol va 17 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!