Sardor Mbappe va Neymar janjaliga aralashishni istamadi!

  • 30.09.2022 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJning sobiq sardori Tyagu Silva jamoa yulduzdari Neymar va Kilian Mbappe o‘rtasidagi ziddiyat bo‘yicha fikr bildirmasligini aytdi.

- Men Mbappe va Neymar munosabati haqida gapira olmayman. Chunki PSJ o‘yinchisi emasman. Jamoa ichida nimalar bo‘layotganidan xabarim yo‘q.

Kilian Mbappe haqida biror fikrim yo‘q, lekin Neymarni anchadan beri bilan. Braziliyalik futbolchi jamoaga yordam berish uchun qo‘lidan kelganini qiladi, - dedi Tbyagu Silva.

Braziliyalik Silva 2020 yili PSJdan ketib, erkin agent sifatida “Chelsi” safiga qo‘shilgan edi. Tajribali himoyachi “aristokratlar” bilan birga Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!