Sardor Xudoyberdiev "Octagon" liga chempioni!

  • 19.04.2025 23:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tkazilayotgan "Octagon 71" turnirining "co-main event" jangi yakunlandi.

Ahamiyatlisi, unda hamyurtimiz Sardor Xudoyberdiev yarim engil vazn toifasidagi kamar uchun oktagonga ko‘tarildi.

5-raund davom etayotgan paytda vakilimiz qirg‘izistonlik Argen Abdikadir Uuluni sabmishn orqali taslim etib, chempionga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!