Sardor yo “Tottenxem”, yoki “Bavariya”ga o‘tmoqchi

  • 06.10.2026 07:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Nottingem Forest» sardori Morgan Gibbs-Uayt kelasi yozda yuqoriroq darajadagi klubga o‘tish uchun jamoani tark etishga ochiq.

Gibbs-Uayt 2025 yil yozidayoq «Nottingem Forest»ni tark etishiga bir bahya qolgan edi. O‘shanda «Tottenxem» Morgan uchun 60 million funt miqdorida tovon puli to‘lashga tayyor bo‘lgan, ammo «o‘rmonchilar» egasi Evanqelos Marinakis kelishuvni bloklagan va asosiy futbolchini yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirgan.

«Tottenxem» Gibbs-Uaytga qiziqishini saqlab qolmoqda. Biroq 2026 yildagi yuqori darajadagi o‘yinlari bilan 26 yoshli Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi boshqa yirik klublarning ham e’tiborini tortishi mumkin. Ular orasida «Bavariya» ham bor.

Football Insider xabar berishicha, Gibbs-Uayt «Nottingem Forest»da o‘zini baxtli his qilmoqda, ammo faoliyatining hozirgi bosqichida Chempionlar ligasida o‘ynashni juda xohlamoqda. «Nottingem Forest» esa unga bunday imkoniyatni kafolatlay olmaydi.

Shuning uchun Gibbs-Uaytning ambitsiyalari uni mavsum yakunida «Nottingem Forest»dan ketishga undashi mumkin. Biroq «o‘rmonchilar» o‘z yulduzi uchun 125 million funt talab qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!