Sarri nega Ronaldu K-Liga yulduzlariga qarshi o‘yinda maydonga tushmaganini aytdi

  • 27.07.2019 12:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek Osiyo bo‘ylab turne o‘tkazayotgan Turinning “Yuventus” klubi kecha Janubiy Koreya K-Ligasi yulduzlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 3:3 hisobida jangovor durang bilan yakunlandi. Ta’kidlash kerakki, shu kuni “keksa sinora” safida Krishtianu Ronaldu maydonga tushmadi. Bosh murabbiy Mauritsio Sarri esa buni quyidagicha izohladi.

“Ronaldu maydonga tushishi kerak edi, ammo uning ayrim mushaklarida toliqish paydo bo‘ldi. Biz ushbu holatni Krishtianu hamda klub prezidenti Andrea Anelli bilan muhokama qildik va unga ozroq dam berish kerak degan qarorga keldik”, - deydi italiyalik mutaxssis.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” 34 yoshli portugaliyalik futbolchini bundan bir yil muqaddam “Real”dan 117 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum turinliklar safida 43ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 28ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!