Sarriga Gretsiyadan yaxshigina takliflar bor
Mauritsio Sarri "Panatinaikos"ni boshqarishi mumkin.
Afina klubi 65 yoshli italiyalik mutaxassisga soliqlar to‘langandan keyin yiliga 4.5 millon evrolik maosh va 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Agar Sarri rozi bo‘lsa, u Gretsiya tarixida eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylanadi.
"Yuventus", "Chelsi" va "Napoli" klublarining sobiq murabbiyi allaqachon "Panatinaikos" rahbariyati bilan uchrashgan va javobini ma’lum qilish uchun muddat so‘ragan.
Sarrining so‘nggi ish joyi "Latsio" bo‘lib, u mart oyida ishdan bo‘shatilgan.
Yakuniga etgan mavsumda "Panatinaikos" Gretsiya chempionatini 4-o‘rin bilan tugatgan.



Fikrlar