Saudiya Arabiston: Do‘stlik g‘alaba qozondi

  • 10.06.2026 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol bo‘yicha "Jahon chempionati-2026" oldidan Saudiya Arabistoni va Senegal  milliy terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Bellashuv AQShning Texas shtati, San-Antonio shahrida joylashgan "Toyota fild" stadionida o‘tkazildi. Uchrashuvga amerikalik hakam Viktor Rivas boshchiligidagi hakamlar hay’ati xizmat ko‘rsatdi. 90 daqiqa davomida tomoshabinlar gol ko‘rish imkoniga ega bo‘lmadi — o‘yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi. 84-daqiqada senegallik hujumchi Nikolas Jekson ikkinchi sariq kartochkadan so‘ng maydondan chetlatildi.

Ma’lumot uchun, "Jahon chempionati-2026" 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanada hududida o‘tkaziladi. Saudiya Arabistoni terma jamoasi "H" guruhiga tushgan bo‘lib, u yerda Ispaniya, Kabo-Verde va Urugvayga qarshi maydonga chiqadi. Senegal esa "I" guruhida Frantsiya, Iroq va Norvegiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!