
Saudiya Arabistoni chempionati. "Al-Nassr" safarda g‘alaba qozondi. Masharipov zaxiradan qo‘shildi
Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Al-Taavun" va "Al-Nassr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov 76-daqiqada Martines o‘rniga zairadan qo‘shildi. Masharipovning standart vaziyatdan uzatgan to‘pi Taliskaga tegib, so‘ngra raqib futbolchisi tomonidan darvozaga kirib ketdi. Bellashuvning 81-daqiqasida Al Slaluli o‘z darvozasini ishg‘ol qililib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng riyodliklar ochkosini 35taga etkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar