
Saudiya Arabistoni chempionati. Masharipov jamoasida ishlar yaxshi emas
Saudiya Arabistoni chempionatining 11-turidan o‘rin olgan "Al-Shabab" va "Al-Nassr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Al-Nassr" safida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov bahsni asosiy tarkibda boshladi va qo‘shib berilgan daqiqalarda zaxiraga olindi.
Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" klubi chempionat doirasida qatorasiga 3-o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Riyodliklar ayni damda 13 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar