
Saudiya klubi Lukakuga fantastik taklif bilan chiqdi
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuni sotib olishga umid qilmoqda.
Belgiyalik jurnalist Sasha Tavolerining xabar berishicha, saudiyaliklar 30 yoshli hujumchiga 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Unga ko‘ra, Lukaku birinchi yilda 35 million dollar (deyarli 32 million evro) maosh ishlab olishi mumkin. Umuman olganda, uch yillik shartnoma davomida Romelu 90 million dollar (taxminan 80 million evro) ishlab olish imkoniyatiga ega.
Ayni damda faqat “Al-Hilol” “Chelsi”ga kerakli 40 million evroni to‘lashga tayyor. Biroq Lukaku Evropada qolishni istaydi va «Chelsi» «Inter» bilan transfer borasida kelishuvga erisha olishiga umid qilmoqda.
O‘tgan mavsumda "Inter"ga ijaraga berilgan Lukaku barcha musobaqalarda jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar