Saudiya klubi “Real” yulduzi uchun 1 milliard yevro bermoqchi

  • 23.01.2026 13:57
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi "Real" futbolchisi Vinisius Zhuniorni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, Saudiya klubi braziliyalik vinger uchun 1 milliard evrolik toʻlashga tayyorligini maʼlum qilgan. Jiddaliklar 25 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri qilib belgilab olgan. Hozirda futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari muhokama qilinmoqda. 

Avvalroq, Vinisius bosh murabbiy Xabi Alonso isteʼfoga chiqarilgach, "Real"da qolishi aytilgandi.  Endi Jeykobsning aytishicha, saudiyalik shayxlarning qatʼiy munosabati tufayli vaziyat oʻzgarishi mumkinligini taʼkidlamoqda. 

Eslatib oʻtamiz, vinger joriy mavsum "qirollik klubi" safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!