Saudiya oʻyin ikki soatga toʻxtatilganidan keyin raqibga uchta gol urdi

  • 06.06.2026 10:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQShning Ostin shahrida Saudiya Arabistoni va Puerto-Riko terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Bahs saudiyaliklarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Sulton Mandash (45+1), Abdulla Al-Hamdan (50) va Salim Ad-Davsariy (88) mualliflik qildi.

Eʼtiborli jihati shundaki, uchrashuvning birinchi boʻlimida kuchli momaqaldiroq va noqulay ob-havo sharoiti sabab oʻyin ikki soatga toʻxtatildi.

Musobaqa tashkilotchilari xavfsizlik nuqtai nazaridan jamoalarni maydondan olib chiqdi. Oʻyin qayta boshlanishidan oldin futbolchilarga qoʻshimcha 15 daqiqalik qizish mashgʻuloti oʻtkazish imkoniyati berildi.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionatining “H” guruhidan oʻrin olgan boʻlib, pley-off yoʻllanmasi uchun Ispaniya, Kabo-Verde va Urugvay futbolchilari bilan raqobatlanadi.

2026 yildgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!