Saudiya Pro-ligasi. "An-Nasr" qiyin g'alabaga erishdi. Komandan qaychi uslubidagi gol
Saudiya Pro-ligasining 15-turida "An-Nasr" klubi o‘z maydonida "Al-Shabab"ni qabul qilgan holda, 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va bir necha o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.
Bellashuvning 2-daqiqasida "An-Nasr" Saad Yaslamning avtogoli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Kingsli Koman qaychi uslubida chiroyli gol kiritdi va farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Simakanning 31-daqiqadagi avtogoli va 51-daqiqadagi Karlos Karvalyoning gollari orqali hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi. Biroq, 76-daqiqada Abdulrahman Garib o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yib, "An-Nasr"ga g‘alaba taqdim etdi.
- Saudiya Arabistoni - Pro Liga
- Joriy Mavsum
An Nasr
- Saad Balobaid 2'
- Kingsley Coman 8'
- Abdulrahman Ghareeb 76'
Tugadi
3
:
2
17.01.2026 22:30
Ash Shabob
- Mohamed Simakan 31'
- Carlos Júnior 53'
Fikrlar